English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston va Eron vizasiz tartib joriy qiladi
16:50 / 2024-08-06

Shu yil 10 avgustdan boshlab Eron va Tojikiston o‘rtasida vizasiz rejim amal qiladi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilgan.

– 2024 yil 10 avgustdan boshlab Tojikiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi hukumatlari o‘rtasida oddiy pasport egalari uchun vizani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi kuchga kiradi, – deyilgan vazirlik xabarida.

Mazkur hujjatga asosan har ikki tomon oddiy xorijiy pasport egalari sherik davlat hududiga kirgan sanadan boshlab 90 kun ichida 30 kunlik muddatga vizasiz tashrif buyurish huquqiga ega bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, birinchi bosqichda vizasiz tizim faqat Dushanbe – Tehron va Tehron – Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovidan foydalanganlar uchun amal qiladi.

O‘zA