Tojikiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari Sirojiddin Muhriddin va Amir Xon Muttaqiy telefon orqali suhbatlashb, siyosiy va iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlikni muvofiqlashtirish va chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Muttaqiy yaqinda Xitoy fuqarolari orasida qurbonlarga olib kelgan chegara hodisasini qoraladi va afsus bildirdi. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hamkorlik qilish muhimligini ta’kidlab, Afg‘oniston chegara xavfsizligini mustahkamlash va qo‘shma tergov o‘tkazishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Vazirlar mintaqada barqarorlikka erishish va “tarafkash guruhlar ikki mamlakat munosabatiga putur yetkazishining oldini olish” uchun birga ishlashda davom etishi zarurligini ma’qulladilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan voqea 26 noyabr kuni kechasi sodir bo‘lgan. Afg‘oniston hududidan o‘q uzilishi va granatalar bilan qurollangan dronlar ishlatilishi natijasida konchilik kompaniyasi xodimlari - uch nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi. Keyinroq yana bir hujum qayd etildi. So‘nggi bir hafta ichida chegara hodisalarida jami besh kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi.
S.Rahimov, O‘zA