Tojikiston TIV: Muqaddas kitob yoqilishi – muslimlar uchun haqorat!
Shvetsiya va Daniyada sodir etilgan muqaddas Qur’onni tahqirlash bilan bog‘liq harakatlar dunyo musulmonlariga nisbatan haqorat bo‘lib, dinlararo nizo keltirib chiqaradi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi shunday bayonot berdi.
“Qur’oni Karim tahqirlanishi dunyodagi barcha muslimlar tuyg‘usini haqorat qilib, jamiyatga nifoq urug‘ini soladi, dinlararo nizo keltirib chiqaradi”, deyiladi hujjatda.
TIV “bardoshsizlik, ekstremizm va terrorizm, adovat, urush va mojaroning har qanday ko‘rinishini qoralashi”ni ta’kidlaydi.
Bayonotda “Biz har doim sivilizatsiyalarning konstruktiv muloqoti tarafdorimiz”, deya qo‘shimcha qilingan.
O‘zA