Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston TIV: Afg‘oniston bilan chegaradagi voqea tufayli KXSHTdan harbiy yordam so‘ralgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
11:33 / 2025-12-04

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat tufayli Rossiya va KXSHT bilan harbiy yordam bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deya xabar tarqatdi "Reyter" agentligi mamlakat xavfsizlik idoralaridagi manbalarga tayanib.

Muloqot Afg‘oniston hududidan uyushtirilgan qator hujumlardan so‘ng kuchaydi. Voqea natijasida Xitoy fuqarolaridan  besh nafari halok bo‘lgan, besh nafari yaralangan.

- Tojikiston Xavfsizlik Kengashidagi manba xabar berishicha, rasmiylar Rossiya bilan Dushanbe yaqinidagi RF harbiy bazasidan foydalanib, chegarani birga qo‘riqlash imkoniyatini muhokama qildi, - deb ta’kidlagan manba. - Shu hafta qaror qabul qilinishi mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan voqea 26 noyabr kuni kechasi ikki mamlakat chegarasida sodir bo‘lgan. Afg‘oniston hududidan o‘q otilishi, granatalar bilan qurollangan dronlardan hujum uyushtirilishi natijasida Xitoy konchilik kompaniyasi xodimlari halok bo‘lgan. Keyinroq yana bir hujum kuzatilgan.

Ushbu xabar tarqalgandan keyin, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi RF va KXSHT o‘rtasida Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash uchun rus qo‘shinlaridan foydalanish bo‘yicha muzokara olib borilgani haqidagi ma’lumotni inkor etdi.

- Bu gap haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va bunday yolg‘on ma’lumot tarqalishi xalqaro jamoatchilikni chalg‘itadi, - deyilgan bayonotda.  

TIV mamlakat o‘z chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha doimiy choralar ko‘rayotganini ham qo‘shimcha qilgan.

S.Rahimov, O‘zA