English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston: Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining barcha oʻrinbosarlari ishdan olindi
18:38 / 2020-06-16

Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining birinchi oʻrinbosari etib Gʻafur Muxsinzoda tayinlandi.


Tojikiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Saida Umarzoda Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Aziz Odinazoda va Mirxamuddin Kamolzodalar esa vazir oʻrinbosarlari lavozimidan ozod qilindi. 

Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining birinchi oʻrinbosari etib Gʻafur Muxsinzoda tayinlandi. Samariddin Alizoda va Zulfiya Abdusamatzoda vazirning oʻrinbosarlari boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 5-may kuni Prezident Emomali Rahmon mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Nasim Olimzodani mansabidan boʻshatgan edi. Sogʻliqni saqlash vazirligining yangi rahbari etib “Istiqlol” tibbiyot markazi direktori va Tojik davlat tibbiyot universitetining umumiy jarrohlik kafedrasi professori Jamoliddin Abdullozoda tayinlandi. 

Nasim Olimzoda Sogʻliqni saqlash vazirligining SOVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda harakatlari tibbiyot xodimlari va aholi tomonidan tanqid qilinish fonida “boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan” mansabidan ozod qilindi.

Hukumatning boshqa farmoyishi bilan Rahmon Televideniye va radioeshittirishlar Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosarlarini mansabidan boʻshatdi hamda Rahmonzoda Saidnaxshni ichki ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinladi.