Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston sanoati MDH davlatlari orasida eng yuqori natijani qayd etmoqda
13:25 / 2021-07-29

Tojikistonda 2021 yilning birinchi yarmida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 21,5 foizlik o‘sish qayd etildi, dedi Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir Dushanbeda uyushtirgan matbuot anjumanida. U shuningdek, ushbu ko‘rsatkich MDH davlatlari orasida eng yuqori natija ekanini ham aytib o‘tdi, deb yozadi Rossiyaning Sputnik agentligi.

2021 yilning o‘tgan olti oyida Tojikistonda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari qiymati 16,6 milliard  somoni (1,4 milliard dollar) bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 23,4 foizga ko‘pdir.

Mamlakat sanoatida 33,2 foizlik ulush  bilan tog‘-kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Undan keyin elektr energetika (24 foiz) va oziq-ovqat sanoati (18 foiz) bormoqda.

MDH davlatlari orasida sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha Tojikistondan keyingi o‘rinlarni Belarus va Moldova egalladi. Mazkur ikki mamlakatda sanoat o‘sishi 11 foizni tashkil etgan.

To‘rtinchi o‘rin esa O‘zbekitstonga tegishli bo‘ldi. Mamlakatning sanoat ishlab chiqarishida joriy yilning o‘tgan olti oyidagi o‘sish  8,2 foizni tashkil etgan.