Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston – Qirg‘iziston chegarasi bo‘yicha muzokara boshlandi
08:01 / 2022-02-20

Qirg‘izistonning Lyaylak viloyatida Tojikiston tomoni bilan chegara masalasida muzokaralar boshlandi, deya xabar berdi “Sputnik Tadjikistan”.

Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda chegaradosh mahalliy hokimliklar rahbarlari, mahalliy aholi vakillari - oqsoqollar, yoshlar ishtirok etgan.

Tojikistonning Bobojon G‘ofurov tumani ma’muriyati rahbari Akbar Yusufiyning so‘zlariga ko‘ra, ikki qo‘shni davlat mas’ullari raisligida o‘tgan yig‘ilishda chegaradosh hududlarda tinchlikni, do‘stona munosabatni tiklash, shuningdek, o‘tgan yildan buyon yopiq qolayotgan chegarani ochish zarurligi ta’kidlangan.

– Shunday uchrashuv Bobojon G‘ofurov tumanining chegaradosh qishloqlarida ham o‘tkaziladi, – deya qo‘shimcha qilgan Yusufiy.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida, Xo‘jai A’lo qishlog‘i yaqinida to‘qnashuv bo‘lgan edi. O‘shanda 12 nafar tojikistonlik jarohat olgan, ikki kishi halok bo‘lgan. Qirg‘iz tomonidan ham fuqarolar yaralangan.

Keyinroq Tojikiston va Qirg‘iziston chegarada o‘t ochishni to‘xtatish va chegaraga jalb qilingan qo‘shimcha harbiy kuch, texnikani qaytarishga kelishib olingan, vaziyat barqarorlashgan.