Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston Prezidenti SHHT sammitida qatnashish uchun Samarqandga tashrif buyurdi
06:34 / 2022-09-15

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni Samarqand shahriga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Sammitda Tojikiston delegatsiyasi SHHTga a’zo boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqaviy xavfsizlik kabi mavzulardagi muhokamalarda qatnashadi.

A.MUSAEV,
O‘zA