English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston o‘ziga yetadigan un ishlab chiqara olishi mumkin
16:47 / 2022-06-24

Xovar axborot agentligining yozishicha, 2022 yil boshidan Tojikistonda un importi 12,5 foizga kamaygan.

Respublika hukumati huzuridagi Bojxona xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan besh oy davomida mamlakatga jami 102,2 million dollarlik 329,6  ming tonnadan ko‘proq bug‘doy keltirilgan. Shu davr mobaynida un narxining oshishi 10,8 foizni tashkil etgan.

Yil boshidan buyon Tojikistonda 186,6 ming tonna un ishlab chiqarilgan (asosan import qilingan bug‘doyni qayta ishlash hisobiga). Ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 95,4 tonnaga yoki 33,8 foizga kamdir.

Tojikiston un va bug‘doyni asosan Qozog‘istondan import qiladi. Bu yil ko‘pgina eksportyor mamlakatlar ushbu mahsulotni xorijiy bozorga chiqarishni cheklab qo‘ydi. Natijada un narxi butun dunyoda qimmatlashdi.

Umuman, dunyoda  oziq-ovqatga ajratilayotgan xarajat bo‘yicha  bir odam yiliga o‘rtacha 75 kilogramm non mahsulotini iste’mol qiladi. Tojikistonda esa ushbu ko‘rsatkich ancha yuqori. Tojikiston respublikasi prezidenti huzuridagi  Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda  o‘rtacha har bir kishiga yiliga 120 kilogramm non mahsuloti to‘g‘ri keladi.

Shunga qaramay, ekspertlarning fikricha, Tojikiston o‘zi ishlab chiqarayotgan un bilan o‘zini to‘liq ta’minlay olishi mumkin.