Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston Milliy banki vakillari O‘zbekiston tajribasini o‘rgandi 
16:04 / 2024-03-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Tojikiston Milliy banki vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Tojikiston milliy banki vakillari gender tenglik va moliyaviy ommaboplik yo‘nalishida Markaziy bank tajribasini o‘rgandi.

Shuningdek, seminarda O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi va uni baholash ko‘rsatkichlari, tartibga solish qumdoni hamda raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mavzularida tajriba almashildi. 

Shu bilan birga, Markaziy bankning “Gender tenglikka erishish milliy strategiyasi – 2030” doirasidagi o‘rni va bank tizimida gender xilma-xilligini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA