Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston ham Yaqin Sharqdan fuqarolarini qaytarish uchun charter reyslar qo‘ydi
17:18 / 2026-03-09

Tojikiston hukumati milliy aviakompaniyaga Yaqin Sharq mamlakatlaridan fuqarolarni qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb yozgan "Kazinform".

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, endi “Somoh Air” ham beqaror mintaqalardan fuqarolarni qaytarish uchun maxsus uchoqlar ajratadi. Ushbu reyslar bilan uyga qaytishni istagan fuqarolar qo‘shimcha ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli mamlakatlardagi Tojikiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralariga murojaat qilishi mumkin.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, Eronning Ozarbayjon va Turkmaniston bilan chegarasini kesib o‘tgan 219 nafar fuqaro allaqachon yurt tomon yo‘l olgan. Inqiroz hududidagi diplomatik vakolatxonalar vatanga qaytishni istaganlar ro‘yxatini doimiy ravishda yangilab boryapti.

G.Sattorova, O‘zA