English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston delegatsiyasi Namanganda
16:31 / 2024-04-15

FOTOREPORTAJ

Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati Asht nohiyasi hokimi Shuhrat Muhammadzoda boshchiligidagi hokim o‘rinbosarlari hamda tadbirkorlardan tashkil topgan delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov rahbarligidagi mas’ullar kutib oldi. 

Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Namangan tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ushbu tashrif doirasida mehmonlar viloyatda kechayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari, sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishadi. 

[gallery-16925]

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev delegatsiya a’zolariga hamrohlik qilib, mehmonlarni “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Ushbu sanoat zonasida “Balance tex”, “Sifat yog‘och mebel” hamda “Master class dizay” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan tanishgan delegatsiya a’zolari tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholab, hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi.

Ikki qardosh xalq vakillari sanoat zonasi hududiga do‘stlik ramzi sifatida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi. 

Delegatsiya a’zolari tashrifning ikkinchi kunida Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy hamda Bibi Naima ona qadamjosini ziyorat qildi.

Mehmonlarga har ikki ziyoratgoh tarixi, so‘nggi yillarda ushbu muqaddas qadamjolarda olib borilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. 

Bu yerning so‘lim tabiati, shifobaxsh buloqlari, ayniqsa, muzeyda saqlanayotgan hajm jihatdan O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi Qur’oni Usmoniydan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi Qur’oni Karimning qo‘lyozma nusxasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA