Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston bilan hamkorlikda ilmiy va startap loyihalar tanlovi o‘tkaziladi
10:15 / 2023-03-15

Ushbu masala O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi doirasida mamlakatimiz oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonovning Tojikiston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir bilan o‘tkazgan uchrashuvida muhokama qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasida ikki mamlakat yoshlari uchun qo‘shma ilmiy tanlov va startap loyihalarni e’lon qilish hamda ularni moliyalashtirish maqsadida qo‘shma fond tuzish borasida kelishuvga erishildi. 

Shuningdek, innovatsiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida ham hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash masalasi bo‘yicha fikr almashildi.  

 

O‘zA