Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston “alpinizm sayyohligi bo‘yicha Osiyodagi eng jozibador mamlakat”, deb tan olindi
17:50 / 2023-02-28

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda «Top Asia Corporate Ball 2023» nomi ostida mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Malayziyadagi taniqli «RHASDNBHD», nashri Tojikistonni “Osiyoda alpinizm sayyohligi bo‘yicha eng jozibador mamlakat”, deb e’lon qildi. “Hovar” agentligi Tojikistonning Malayziyadagi elchixonasiga tayanib shu haqda yozmoqda.

«RHASDNBHD» Malayziyadagi eng ko‘p nusxada chiqadigan nashrlar o‘ntaligiga kiradi, uning sahifalarini bir oyda 400 mingdan ziyod o‘quvchi kuzatib boradi.

Mazkur nashrning asosiy yo‘nalishi Osiyo mintaqasida taraqqiyot va innovatsiya asosiga aylangan  yoki turli sohada katta yangiliklar kiritayotgan mamlakatlar, kompaniyalar va shaxslar haqida qiziqarli materiallar berib borishdan iborat.