Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston aholisi o‘n millionga yaqinlashdi
09:18 / 2021-10-15

2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, Tojikistonda aholi soni 9 million 661 ming kishidan oshgan.

Bu haqda Tojikiston Prezidenti huzuridagi statistika agentligi direktori Gulnora Hasanzoda aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari taqdimoti chog‘ida ma’lum qildi.

Respublika aholisi 2010 yildagi ro‘yxat bilan taqqoslaganda, 2 million 970 ming nafarga ko‘paygan.

Statistikaga ko‘ra, Tojikiston aholisi 10 yil ichida yana 1,5 millionga ortadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tojikiston aholisi va uy-joylarni ro‘yxatga olish BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ko‘magida 2020-2023 yillar uchun Davlat statistikasini takomillashtirish doirasida o‘tkazilgan edi.

2024 yil Tojikistonda tug‘ilish darajasi va nogironligi bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilinadi.