Tojikiston aholisi 11 millionga yaqinlashdi
“Kazinform” xabar berishicha, Tojikiston aholisi 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 10,721 millionni tashkil etdi. Bu yillik 2 foiz o‘sishni anglatadi.
Respublika Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil tug‘ilish va migratsiya hisobiga aholi 215 000 ko‘paydi. FHDYO idoralarida o‘tgan yilga nisbatan 1 foiz ko‘p – 255 100 yangi tug‘ilgan chaqaloq ro‘yxatga olindi. Tug‘ilish darajasi oshishi barcha hududlarda kuzatildi. Faqat aholi soni 0,2 foiz kamayganTog‘li Badaxshon muxtor viloyati bundan mustasno.
Hisobotda ro‘yxatga olingan o‘lim holati o‘sishi ham qayd etilgan: 2024-yilga nisbatan 4,1 foiz yuqorilab, 34 400 ga yetdi. Muhojirlar oqimi yil davomida 1,7 foiz o‘sib, 8429 nafarni tashkil qildi.
O‘zA avvalroq so‘nggi 10 yil ichida Tojikiston aholisi 26 foiz o‘sib, 10,7 millionga yetgani haqida yozgandi.
G.Sattorova, O‘zA