Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirmoqda
17:21 / 2025-12-02

Kecha Dushanbeda bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tojik-afg‘on chegarasidagi so‘nggi vaziyat, xususan, qurolli hodisadan keyin xavfsizlikni kuchaytirishni muhokama qildi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari Afg‘oniston fuqarolarining noqonuniy va buzg‘unchilik harakatlarini qattiq qoralagan. Shu munosabat bilan,u rasmiylarga muammoni hal qilish va bunday hodisalartakrorlanishining oldini olish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni buyurdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, yuqorida aytib o‘tilgan voqea joriy yilning 26 noyabr kechasi ikki mamlakat chegarasida sodir bo‘lgan. Unda Xitoy konchilik kompaniyasining uch nafar xodimi Afg‘oniston hududidan dronlar hujumi oqibatida halok bo‘ldi. 

Keyinroq, shunga o‘xshash holat yana bir bor qayd etildi. So‘nggi bir hafta ichida ushbu chegara hodisalarida jami besh kishi halok bo‘lgan va besh kishi jarohat oldi.

S.Rahimov, O‘zA