Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazmagan mansabdorlarga javobgarlik kuchaytiriladi
17:19 / 2025-09-22

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 175/8-moddasiga davlat xaridlari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, loyihada kompleks ekspertizadan o‘tkazishdan ozod etilmagan davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish mansabdor shaxslarni jarimaga tortishga sabab bo‘ladi. Bunda bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarimaga tortish masalasi nazarda tutilmoqda. 

Muhokamalarda fraksiya a’zolari qonun loyihasi davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflikni ta’minlashini aytib o‘tdi. Davlat xaridlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarning oldini olish byudjet samaradorligini oshirishda muhim ekanligini ta’kidlab, qonun loyihasi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. 

Shuningdek, yig‘ilishda Energetika vaziri J.Mirzamahmudovga “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan quyosh panellarini o‘rnatish borasidagi ishlar ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi parlament so‘rovini yuborish haqidagi masala ko‘rib chiqildi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA