Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘li va olis hududlarda yashovchi bolalarning ta’lim olishi uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
17:12 / 2022-09-08

Huquqiy munosabat

Olis, tog‘ va cho‘lli aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning ta’lim olishlari uchun qanday yengilliklar mavjud? Bu boradagi savollarga Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Muxriddin Shamsiddinov javob berdi.

–O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida ko‘rsatilgandek, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, boshlang‘ich sinflar yoki boshqa turdagi o‘quvchilar uchun o‘zlariga yaqin joyda maktab filialini tashkil qilish nazarda tutilmoqda.

Ushbu filiallar 100 nafargacha o‘quvchini qamrab olishi mumkin. Agar o‘quvchilar soni ko‘proq bo‘lgan taqdirda ushbu son oshirilishi mumkin.

Boshqa umumta’lim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasining holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya bo‘limlarining takliflariga ko‘ra, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari asosida o‘quvchilarining soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.

Filial tashkil etish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Ushbu vaziyatda tegishli hokimlik organlariga murojaat qilinadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA