French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘li Qorabog‘da yangi xalqaro aeroport ochildi
18:07 / 2021-10-27

Trend, agentiligining xabar berishicha, 26 oktyabr kuni .Ozarbayjon va Turkiya rahbarlari Ilhom Aliyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Qorabog‘da Fiziluy xalqaro aeroportining rasman ochilishi marosimida ishtirok etgan.

“Turkiya prezidentining samolyoti Fizuliy aeroportiga seshanba kuni kelib qo‘ndi. Uni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qarshi oldi va ikki davlat yetakchilari birgalikda yangi aeroportning rasman ochilganini e’lon qildi”, deyiladi xabarda.

Turkiyalik quruvchilar ishtirok etgan mazkur aeroportni bunyod etish ishlari 2021 yil 14 yanvarda boshlangan edi. Aeroportda dastlabki sinov parvozi 22 avgustda amalga oshirildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Qorabog‘ning havo darvozasi, deb atalayotgan Fizuliy aeroporti eng zamonaviy havo qo‘nalg‘alaridan biri hisoblanadi. Bu yerda olib borilgan ishlar xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi. Aeroport terminali soatiga 200 yo‘lovchiga xizmat qila oladi.