English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘li qishloq bolajonlariga yangi yil tuhfasi
13:51 / 2024-12-29

Ayni kunlarda Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida ham Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tantanalar bo‘lib o‘tmoqda.

Yangi yil bayrami arafasida Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi va homiyligida Forish tumanining “Qoraabdol ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi tog‘li Shohusmon qishlog‘ida 60 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bunyod etilib, foydalanishga topshirilgani qishloq bolajonlari uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, tuman hokimliklari, prokuraturalari, maktabgacha va maktab ta’limi, ichki ishlar boshqarmalari rahbar va mas’ullari, mehnat faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, Prezidentning Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov va boshqalar yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy qutlab, mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi borasida hayotga tatbiq etilayotgan ezgu g‘oyalar, tumandagi bolajonlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirdi.

Shundan so‘ng alvon bog‘ich qirqilib, tadbir ishtirokchilari yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishtirildi.

[gallery-21091]

Shu kunning o‘zida Forish tuman prokuraturasining tashabbusi bilan tumandagi ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan 50 nafardan ortiq o‘g‘il bolaning homiylik asosida sunnat to‘yi o‘tkazib berildi va ularning barchalariga yangi yil sovg‘alari ulashildi.           

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari