Tog‘larda qor, Angorda bahor
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Xo‘janqon mahallasida qish chillasi chiqishi bilan bodom gulladi.
Bu haqda xabar bergan tuman hokimligining axborot xizmati rahbari Gavhar Jumayevaning ma’lum qilishicha, hosil nishonasini ko‘rsatgan bodom mahalladagi Bozor Fayziyev tomorqasiga bahor nafasini olib kirdi.




Odatda chilla chiqishi bilan yurtimizdan qish faslining qahraton sovuq kunlari asta-sekin chekina boshlaydi. Mamlakatimiz janubidagi Surxon tarafda bodom gullagani ham tabiatning iliq havosidan borliq uyg‘onib, tevarak-atrof yashil libosga burkanadigan kunlar yaqinlashayotganiga ishora qilmoqda. Hali tog‘larga qor tushayotgan бўлсада, adirlarda kelayotgan go‘zal faslning mayin yomg‘irli ko‘klam nafasi esmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri