Tog‘ay Murod asarlarida milliy xarakter masalalari
Abubakir URAZOV erkin izlanuvchi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston abubakirurazov24@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada yozuvchi Tog‘ay Murod asarlarida milliy xarakter xususiyatlari, qadriyatlar va urf-odatlarimizning o‘ziga xos yoritilishi tadqiq etiladi. Uning qissalari misolida milliy qiyofalar, milliy ruh va zamon falsafasi ochib beriladi.
Shuningdek, adib asarlarida mardlik, or-nomus, sevgi va nafrat, jasurlik, adolat va nohaqlik, jismoniy va ruhiy barkamollik, shaxs va xalq manfaatlarining to‘qnashuvi faktlar asosida qiyosiy tahlilga tortiladi.
Tayanch so‘zlar: xalqchillik, obraz, milliy xarakter, milliy qiyofa, umumlashma, urf-odatlar, adabiy obraz, personaj, milliy qiyofa, uslub xalqona.