French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘ shabbodasi esishiga guvoh bo‘lmoqchimisiz? Unda Namanganga keling!
12:09 / 2021-06-17

FOTOREPORTAJ

Qamchiq dovonidan tushaverishda yoki Sadoqat orqali Qo‘shminorga kelganda yo‘l ikkiga bo‘linadi: biri yuqoriga Chodak qishlog‘i tomon chorlaydi, ikkinchisi Xonobod sari yetaklaydi. Siz Chodak tomonga yurasiz. G‘urumsaroy, ya’ni Patir bozorni bosib o‘tib, Xonobod orqali keladigan bo‘lsangiz Qo‘shminor tarafga yurmay, Chodakka burilishingiz kerak. Ana shunda Chodakni bosib o‘tib, Gulistonga qarab yurasiz. Uzoq yo‘ldan so‘ng “Dadaxonobod” aholi manzilgohi keladi. Undan ham o‘tasiz. Tog‘ yo‘li toraya boshlaydi, yana yurasiz. Shu tariqa Qandig‘onga kirib borasiz.  

[gallery-2822]

 Biz aytgan, tog‘ shabbodasi esib turuvchi manzil aynan Qandig‘ondadir. U Chodakning boshlanishidan qariyb 25 kilometr ichkarida.  

 Tog‘ shabbodasini tuyish uchun albatta Namanganga keling, kelganingizga aslo afsuslanmaysiz.  

 

 

 

 Hotam MAMADALIEV olgan suratlar,  O‘zA