Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘-kon va geologiya sohasida ilmiy loyihalar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda
10:36 / 2026-02-03

Tog‘-kon va geologiya sanoati yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, ushbu yo‘nalish mamlakatning mineral resurslarini samarali foydalanish va investitsiyaviy imkoniyatlarni kengaytirishda katta ahamiyatga ega. Sohadagi yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik sohaning rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “Watchmen Energy FE” kompaniyasi ijrochi direktori doktor Jeyms Syao hamda “Watchman Group” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda shu haqda so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishda investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va istiqbolli loyihalardagi hamkorlik muhim hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tomonlar O‘zbekistondagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi ravnaqidagi ustuvor yo‘nalishlar va  samarali hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, Xitoyning “Watchman Group Pte. Ltd.”  kompaniyasi faoliyati boshqaruv maslahatchiligi va energiya sohasidagi loyihalarga qaratilgan. Ushbu korxonaning O‘zbekiston bilan hamkorligi mamlakatdagi tog‘-kon va geologiya sohasini rivojlantirishda xalqaro tajriba va investitsiyaviy resurslarni jalb qilish imkonini beradi.

Tadbir yakunida vazirlik hamda “Watchman Group” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi va kelgusidagi investitsiyaviy va ilmiy loyihalar uchun poydevor yaratadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA