Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘-kon sanoatida raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda
10:29 / 2024-12-13

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda raqamlashtirish sohasida qilinayotgan ishlar ko‘lamiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, natijalar va muammolar xususida so‘z bordi.  

Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va biznes jarayonlariga joriy etish maqsadini ko‘zlab dadil odimlab borayotgan Navoiy hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida bu sohada salmoqli natijalar qo‘lga kiritilayotganini e’tirof etish joiz.  

— Birgina misol, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq korxonada “2023-2030 yillarda NKMKni raqamli transformatsiya dasturi” AQSHning “BCG” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi, — deydi  Navoiy kon-metallurgiya kombinati Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Davlatov. — Dastur doirasida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Joriy yilda raqamlashtirish dasturi doirasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.  

“Raqamli gidrometallurgiya zavodini yaratish” loyihasi ana shunday tadbirlardan biri. Loyiha doirasida 5- va 7-gidrometallurgiya zavodlarida metallurgiya ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning intellektual tizimlari joriy etildi. Loyiha texnologik jarayonlarni boshqarishning mavjud avtomatlashtirilgan tizimlarini  modernizatsiya qilish va ularni gidrometallurgiya zavodlarining avtomatlashtirilgan operativ dispetcherlik boshqaruv tizimiga integrallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan.  

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish korxonalari va quvvatlari Toshkent viloyati, Namangan, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan. Xususan, asosiy ishlab chiqarish ob’ektlari, boyitish va mahsulot ishlab chiqarish komplekslari, shuningdek markaziy apparati Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan.  

—Hozirgi kunda kombinatimizda AKT sohasida 692 nafardan ortiq xodimlar ishlab kelmoqda, — deydi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati raqamlashtirish departamenti mutaxassisi Aziz Ro‘ziqulov. — 40 dan ortiq axborot tizimi va resurslari kombinat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. 140 ta avtomatlashtirilgan tizim, ko‘p sonli server uskunalari va kompyuter texnikasi qo‘llanilmoqda.  

Kombinatni avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalar ko‘lami kengayib bormoqda.  

Ayniqsa, boshqaruv samaradorligini oshirish, korporativ axborot tizimlari va elektron hujjat aylanishi yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, elektron hujjat almashinuv tizimi doirasida tayyor dasturiy ta’minot ishga tushirildi. Ushbu tizim kerakli shaklda hujjatlarni yaratish imkonini beradi. Xaridlarni boshqarish va omborni monitoring qilish yuzasidan 1S tizimi ishga tushirilishi natijasida yillik buyurtmalarni shakllantirish vaqti 25 foizga qisqargan va omborlarda tovar-moddiy boyliklar 260 milliard so‘m kamaytirilgan.  

N.Rahmonova,  

O‘zA