Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
11:14 / 2025-12-17

Mamlakatimizda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini modernizatsiya qilish, xalqaro tajribani jalb etgan holda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, xorijiy konsalting kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan muloqotlar sohani barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islomov hamda "Mangold Consulting" kompaniyasi rahbari Klaus Mankold  o‘rtasida o‘tkazilgan  uchrashuvda  galdagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, kelgusida rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Istiqbolli loyihalar doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirib, manfaatli aloqalarni mustahkamlash va hamkorlik samaradorligini yanada oshirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA