French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida samaradorlik oshirilmoqda
14:47 / 2025-12-15

Tog‘-kon sanoati va geologiya sektori O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Bu sohadagi korxonalarning samaradorligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish doimiy ustuvor vazifalardan sanaladi.

Shu bois, zamonaviy boshqaruv usullari va innovatsion yondashuvlar sohaning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Vazirlik va “UzAssets” AJ hamkorligida tashkil etilgan “Operatsion samaradorlik” bo‘yicha tadbir sohadagi mutaxassis va rahbarlar uchun bilim va tajriba almashish, zamonaviy boshqaruv usullarini amaliyotda qo‘llashga imkoniyat yaratdi.

Xususan, unda operatsion jarayonlarning samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish va resurslardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan loyihalar va keyslar haqida fikr almashildi, eng samarali tajribalar va ilg‘or metodlar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi tegishli farmoyishida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirda ishtirokchilarga operatsion samaradorlikni oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy bilimlar taqdim etildi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, bunday tadbirlar sohada uzoq muddatli samaradorlikni ta’minlash, innovatsion yondashuvlarni keng joriy qilish va iqtisodiy samarani oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA