Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘ cho‘qqisidagi nasos stansiyasida ish qizg‘in
11:51 / 2022-02-08

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning hayotga tadbiq etilishi jarayonlarini o‘rganish chog‘ida tog‘ cho‘qqisidagi qurilish-montaj ishlari yakunlanayotgan “Qayroq-1” va “Qayroq-2” nasos stansiyalarida bo‘ldi, hududda o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan yerlarni ko‘zdan kechirdi.
Yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladigan “Qayroq” nasos stansiyalari So‘xda 1080 gektar suvsiz maydonga hayot bag‘ishlaydi, hududda yoshlar bandligi ta’minlanadi.

[gallery-5674]

“Qayroq” massividagi suvsiz yerlarni o‘zlashtirish uchun barpo etilgan nasos stansiyasi loyihasining umumiy qiymati 92 milliard so‘m bo‘lib, 211 metr balandlikda joylashgan 1080 gektardan ziyod maydonni suv bilan ta’minlab, o‘zlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Yangi o‘zlashtiriladigan yerlar kooperatsiya hamda klasterlar tashkil etish yo‘li bilan hududda yashovchi ishsiz yosh oilalarga 50 sotixdan bo‘lib beriladi. Bu orqali 3 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. 
Yangi o‘zlashtiriladigan maydonlarda yong‘oq, olma va nok bog‘lari, malina, tut hamda dorivor giyohlar plantatsiyalari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
 

O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV(surat)