Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tog‘ chang‘ichilarimiz qit’a chempionatida 6 ta medalli bo‘ldi
08:43 / 2025-03-03

Xitoyning Yansin shahrida tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 6 ta medalga sazovor bo‘ldi.

"Pekin-2022" qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan trassada kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 11 ta mamlakat sportchilari orasida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolari Arman Gayupov, Medet Nazarov, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalevaning qit’a chempionati musobaqalarida erishgan natijalari 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari samarali kechayotganini ko‘rsatdi, deyish mumkin.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA