Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
11:10 / 2023-03-31

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va joriy yil 18 aprelga qadar davom etadi.  

Imtihonlar 20 aprel kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.  

TOEFL ITP va TOEIC  imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, TOEFL ITP va TOEIC  sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar  bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar tegishli qonunchilikka ko‘ra, belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.  

 

O‘zA