French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toʻylarga qachon ruxsat beriladi?
13:30 / 2020-08-10

Duoga qoʻl ochgan inson borki, “Hammani ham toʻylarga yetkazsin” deb duo qiladi.


Duoga qoʻl ochgan inson borki, “Hammani ham toʻylarga yetkazsin” deb duo qiladi. Karantin tufayli qoʻyilgan cheklovlar toʻy boshlayotganlarni yoʻlini toʻsganiga guvoh boʻlib turibmiz.

“Ikki oʻgʻlimni unashtirib qoʻyganman. Qachon toʻy qilishga ruxsat beriladi? Qoʻsh kelin tushiramiz, har ikkala qudamiz bilan kelishib, 22-avgustga toʻy belgilagan edik. Toʻyni belgilangan sanada kattaroq qilib oʻtkazsak boʻladimi?” bu kabi savollarning oxiri koʻrinmaydi.

Ushbu savolga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva oydinlik kiritadi.

“Mamlakatimizda karantin cheklovlarini oʻrnatish, muddatini uzaytirish yoki bekor qilish Respublika maxsus komissiyaning qaroriga bogʻliq. Vaholanki, maxsus komissiyaning 2020-yil 26-iyuldagi tegishli qaroriga asosan, 15-avgustga qadar toʻy, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazmaslik boʻyicha aniq cheklovlar keltirib oʻtilgan. Mazkur cheklovlarni bekor qilish, toʻy va boshqa marosimlarga ruxsat berishning aniq muddatini hamda toʻylarda qatnashuvchilar soni haqidagi qarorni Respublika maxsus komissiyasi yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilaydi. Toʻyni Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ruxsat berilgandan soʻng hamda oʻrnatilgan qoidalarga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkazish tavsiya etiladi. Qayd etish kerakki, karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda chora koʻriladi”