Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toʻrt nafar bokschimiz final ostonasida jang qiladi
12:54 / 2019-03-09

Belarusning Gomel shahrida yoshlar oʻrtasida sobiq bokschi Aleksey Yukov sovrini uchun boks boʻyicha ochiq turnir oʻtkazilmoqda


Belarusning Gomel shahrida yoshlar oʻrtasida sobiq bokschi Aleksey Yukov sovrini uchun boks boʻyicha ochiq turnir oʻtkazilmoqda.

Mazkur musobaqada mezbonlardan tashqari Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ukraina, Litva hamda Moldovadan kelgan charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashmoqda.

Turnirning chorak final bahslarida isteʼdodli bokschimiz vazni 56 kilogrammgacha boʻlgan Mirzabek Mirzaxalilov mezbonlar vakili Maksim Govorovni 5:0 hisobida yengdi. 60 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Husanjon Karimov esa ushbu bosqichda qozogʻistonlik Isfandiyor Bekni 3:2 hisobida yenggan boʻlsa, 75 kilogrammda jang qilayotgan yosh bokschimiz Komiljon Yusupov belaruslik German Dmuxovskiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Endi musobaqaning yarim final bosqichida Mirzabek Mirzaxalilov ukrainalik Ilya Shuchkin bilan kuch sinashadi. Shuningdek, final uchun oʻtadigan bellashuvlarda Husanjon Karimovga qozogʻistonlik Jonserik Dyusenbekov qarshilik koʻrsatsa, Komiljon Yusupov moldovalik Fyodor Chakustani sinovdan oʻtkazadi.

Vazni 91 kilogrammdan ortiq boʻlgan charm qoʻlqop ustamiz Samandar Zafarov oʻz ishtirokini toʻgʻridan toʻgʻri yarim finaldan boshladi. U musobaqadagi ilk jangini belaruslik Danil Morozovga qarshi oʻtkazadi.