French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha zayom bitimi imzolandi
19:58 / 2014-11-11

Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlament o‘rinbosari Kentaro Sonoura rahbarligidagi hukumat delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida shu yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini birgalikda moliyalashtirish to‘g‘risida zayom bitimi imzolandi. 

Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlament o‘rinbosari Kentaro Sonoura rahbarligidagi hukumat delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida shu yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini birgalikda moliyalashtirish to‘g‘risida zayom bitimi imzolandi. 

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirish va elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha hayotga tatbiq etilayotgan uzoq muddatli dasturning tarkibiy qismi bo‘lib, unda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida har biri 450 MVt quvvatga ega ikkita bug‘-gaz qurilmadan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi bug‘-gaz elektr stansiyasini barpo etish ko‘zda tutilgan. 

To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) 71,8 milliard yapon iyenasi miqdorida uzoq muddatli imtiyozli kredit taqdim etmoqda. Bu 704 million AQSh dollariga tengdir. Kredit yillik 0,3 foiz stavkasi bilan 40-yilga, shu jumladan, 10-yillik imtiyozli muddatga berilmoqda. 

Zayom bitimini O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.Azimov, Yaponiya tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti K.Yanagisava imzoladi. 

To‘raqo‘rg‘on IES yiliga 6,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu Farg‘ona vodiysida elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni, jumladan, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash imkonini beradi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarishda eng ilg‘or texnologiyalar qo‘llaniladi. Bunda yuqori texnologiyali bug‘-gaz va gaz turbinasi qurilmalaridan foydalaniladi. Bu stansiyaning foydali ish koeffitsentini 60 foizgacha ta’minlash, shuningdek, yoqilg‘i iste’molini faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarga nisbatan qariyb ikki barobar kamaytirish imkonini beradi.

Mazkur yangi bitimning imzolanishi elektr energiyasi ishlab chiqaradigan eng yangi texnologiyalarni joriy etish, energiya ta’minoti salohiyatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash orqali energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikning yana bir yorqin dalilidir. 

Ayni paytda JICA moliyaviy ko‘magida Qashqadaryo viloyatidagi Tallimarjon IESda umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi barpo etilmoqda, Navoiy IESda 450 MVt quvvatli ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi loyihasini amalga oshirish boshlandi. Toshkent shahridagi 4-issiqlik markazida 108 MVt quvvatga ega kogeneratsion qurilmani joriy qilish loyihasi tayyorlanmoqda. 

Shuningdek, JICA texnik ko‘magida Toshkent shahrida mintaqada birinchi Bug‘-gaz va gaz turbinasi qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilmoqda.