Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toʻra Bobolov toʻrt xonali uyda yashayotgan 26 jonning turar-joy muammosini hal etdi
20:42 / 2020-06-20

Bugun viloyat hokimi Toʻra Bobolov vaziyatni oʻrganish, oilaning yashash sharoiti, ahvoli bilan tanishish maqsadida ushbu xonadonda boʻldi.

Joriy yilning 18-iyun kuni Termiz shahridagi Pattakesar mahallasida yashovchi Muhabbat aya Xoʻjanova Surxondaryo viloyati hokimligiga kelib, 26 jon 4 xonali uyda qiynalib yashayotgani, ogʻir vaziyatga tushib qolgani va turar-joyga muhtoj ekanini maʼlum qilgan.

Bugun viloyat hokimi Toʻra Bobolov vaziyatni oʻrganish, oilaning yashash sharoiti, ahvoli bilan tanishish maqsadida ushbu xonadonda boʻldi.

photo_2020-06-20_20-33-00.jpg

photo_2020-06-20_20-14-59.jpg

Shaharning Pattakesar mahallasidagi Gulshan koʻchasi 46/1-uyda 67 yoshli Muhabbat aya Xoʻjanova farzandlari, kelinlari, kuyovlari va nabiralaridan iborat oltita oilada 26 kishi istiqomat qilayotgani aniqlandi.

Tor uydagi bu oilaning ahvoli, sharoiti bilan yaqindan tanishgan viloyat hokimi shu kunning oʻzida Muhabbat ayaning 4 nafar farzandi bor kuyovi va qiziga, shuningdek, yolgʻiz oʻzi 3 nafar farzandni tarbiyalab kelayotgan yana bir qiziga uy-joy ajratish toʻgʻrisida koʻrsatma berdi. Shu kuni Jamoliddin Mamatmurodov oilasiga Termiz shahrining Guliston mahallasi, “Shukrona” massivida qurilgan zamonaviy 2-xonali yangi uy-joy, qizi Obodon Toshnazarovaga shahar hokimligi tasarrufidagi yotoqxonadan 3 xonali uy berildi.

photo_2020-06-20_20-15-01.jpg

photo_2020-06-20_20-32-56.jpg

– Kaftdek eski uyda shuncha jon qiynalib yashab kelayotgan edik. Murojaatimizdan bir kun oʻtib, biz ham uyli-joyli boʻlishimizni kutmagandim, rosti, – deydi J.Mamatmurodovning turmush oʻrtogʻi Z.Karimova. – Kutilmagan bu eʼtibordan boshimiz osmonga yetdi. Bizga gʻamxoʻrlik koʻrsatib, yaxshi yashashamiz uchun imkoniyat yaratib berayotgan davlatimizdan cheksiz minnatdormiz. Barcha qulayliklarga ega yangi uyda farzandlarimni xalqparvar, vatanparvar insonlar etib tarbiyalayman.

Viloyat hokimi boriga shukr qilib, yashab kelgan mazkur xonadon farzandlari, kelinlari, kuyovlari bilan suhbatlashib, tez orada ularga ham yer ajratib, uy-joy tiklash va bandligini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatishini taʼkidladi. Mutasaddilarga bu masalani tezkorlik bilan yechish yuzasidan tegishli topshiriq berib, ijrosini nazoratga oldi.