Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toʻr bilan baliq ovlash ham qonunga xilof
18:00 / 2020-05-29

Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Amudaryoda joriy yil 12-martdan 31-maygacha baliqlarni sanoat maqsadida ovlashga taqiq oʻrnatildi.


Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Amudaryoda joriy yil 12-martdan 31-maygacha baliqlarni sanoat maqsadida ovlashga taqiq oʻrnatildi. Shuningdek, may oyi – “Brakonerlikka qarshi kurash oyi” deb eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan maxsus reyd tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Reyd tadbirlarida Qoʻshkoʻpir tumani “Oqdarband” qishlogʻida yashovchi fuqarolar K.Axmedov, A.Gʻulomov, Gʻ. Roʻzmetovlar tomonidan taqiqlangan usul, yaʼni, toʻr bilan 3 ta sazan, 10 ta lesh, 3 ta oq amur va 1 ta sudak kabi baliq turlarini Qoʻshkoʻpir tumanidan oqib oʻtuvchi ichki zaxkash kanalidan noqonuniy ravishda ovlaganliklari aniqlandi.

Baliqlarni noqonuniy ravishda ovlanishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290 - sonli qaroriga asosan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib- tamoillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 14 - ilovasiga asosan tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 million 899 ming soʻmni tashkil qiladi.

Hozirda ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.