Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘qsonbosti – omilkor dehqonchilik usuli
16:03 / 2017-09-06

Joriy yilda viloyatda avgust-sentabr oylarida fermer xo‘jaliklari va aholi tomorqasida 3 ming 387 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz, noyabr-dekabr oylarida 21 ming 600 gektardan ziyod maydonga to‘qsonbosti ekinlari – piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi, lavlagi va turli ko‘katlar ekib, 266 ming tonnadan ortiq mahsulot olish ko‘zda tutilgan.

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Prezidentimizning 2017-yil 21-avgustdagi “2018-yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari mutaxassislari, fermerlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini, bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uzluksiz bo‘lishi va narx-navo barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Joriy yilda viloyatda avgust-sentabr oylarida fermer xo‘jaliklari va aholi tomorqasida 3 ming 387 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz, noyabr-dekabr oylarida 21 ming 600 gektardan ziyod maydonga to‘qsonbosti ekinlari – piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi, lavlagi va turli ko‘katlar ekib, 266 ming tonnadan ortiq mahsulot olish ko‘zda tutilgan. Buning uchun 3 ming 900 tonnadan ziyod urug‘lik, 4 ming tonnadan ziyod azotli, fosforli, kaliyli mineral va boshqa o‘g‘itlar, 1000 tonna yoqilg‘i-moylash mahsulotlari talab etiladi.

Seminarda “Namanganagrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining viloyatdagi vakili va boshqa qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan yerni tayyorlash, belgilangan miqdorda urug‘lik, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasini shakllantirish, yetishtirilgan hosilni iste’molchiga yetkazib berish bo‘yicha zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar tumandagi “To‘raqo‘rg‘on sohibkorlari” agrofirmasiga qarashli “Boymirzayev Bekmirza” fermer xo‘jaligi faoliyati misolida to‘raqo‘rg‘onlik dehqonlar tajribasi, piyoz va sarimsoqpiyoz ekish agrotexnikasi bilan tanishdi.