Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toʻmaris” konida qoʻshimcha 250 ming metr kub tabiiy gaz qazib chiqariladi
14:08 / 2020-06-22

Jumladan, “Toʻmaris-Savatli” tabiiy gaz quvuridan “Doyaxotin-Kulbeshkak” tabiiy gaz quvurigacha diametri 426x16 mm. uzunligi L-9,2 km. boʻlgan gaz quvuri montaj qilinib, ishga tushirildi.


“Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Toʻmaris” konida “Toʻmaris – Savatli” tabiiy gaz quvuridagi siqilishlar ortishini hamda quvurning gaz oʻtkazish quvvatlarini kamayib borishini oldini olish, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini koʻpaytirishga erishish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, “Toʻmaris-Savatli” tabiiy gaz quvuridan “Doyaxotin-Kulbeshkak” tabiiy gaz quvurigacha diametri 426x16 mm. uzunligi L-9,2 km. boʻlgan gaz quvuri montaj qilinib, ishga tushirildi.

Natijada “Toʻmaris” konida tabiiy gaz quvurlaridagi siqilishlarining kamayishiga va quvurning gaz oʻtkazish quvvati oshishiga erishildi. Yaʼni, “Toʻmaris” koni gaz kirish tarmogʻi (BVN) dagi bosim R-67 kgs/sm kvadratdan R-52 kgs/sm kvadratgacha tushishi evaziga kunlik qoʻshimcha 250,0 ming metr kub tabiiy gaz qazib chiqarilish imkoni yaratildi.

“Toʻmaris” konidagi quduqlardan qazib olinayotgan oltingugurtsiz tabiiy gazlarni alohida gaz quvuri orqali “Kulbeshkak” gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga, keyinchalik “Uchqir-Gazli” magistral gaz quvuriga uzatish imkoniyati yaratildi.

Qurilish montaj ishlari bosh pudratchi - “Muborakneftgazmontaj” AJ tomonidan bajarildi.

Maʼlumot oʻrnida, “Toʻmaris” koni Buxoro viloyati Romitan tumani hududida joylashgan. U 2019-yilda foydalanishga topshirilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati