French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘kinlik va fayzu baraka ifodasi
18:17 / 2015-12-22

Ayni kunlarda saxovatli zaminimiz ne’matlarini aholi dasturxoniga tortiq etish, Yangi yil bayrami kunlari xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari boshlandi.

Ayni kunlarda saxovatli zaminimiz ne’matlarini aholi dasturxoniga tortiq etish, Yangi yil bayrami kunlari xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari boshlandi.

– Bayramni oila davrasida, to‘kin dasturxon atrofida kutib olish xalqimizga xos fazilatlardan, – deydi Chilonzor tumanida yashovchi Saodat Boboyeva. – Shu bois har gal savdo yarmarkalaridan o‘zimiz uchun zarur mahsulotlarni xarid qilishga oshiqamiz. Farhod dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarkadagi noz-ne’matlar bizga manzur bo‘layotir.

Qish fasli bo‘lishiga qaramay, ushbu bozorga kirgan kishining ko‘zi quvnaydi. Go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz, karam kabi asosiy iste’mol mahsulotlarining narxi arzon, sifati a’lo. Aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar tufayli bozorlarda narx-navolar xaridor talabidan kelib chiqib shakllantirilayotgani, narxlar asossiz o‘sishining, sifatsiz va qalbaki mahsulotlar sotilishining oldini olinayotgani poytaxtliklarga yanada keng qulayliklar yaratmoqda.

Farhod dehqon bozorida xaridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida yarmarkalar turg‘un savdo rastalarida tashkil etilib, bayramona bezatildi.

Bu yerda tashkil etilgan yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan kelgan dehqonlar guruch, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari chorvadorlari go‘sht, Andijon va Toshkent viloyatlari fermerlari meva-sabzavot, kartoshka kabi mahsulotlarni shaharliklarga tortiq etmoqda.

– Fermerlarga berilgan imtiyozlar bois xo‘jaligimizning daromadi ko‘paymoqda, – deydi Parkent tumanidagi “Yangiboyev Shokir” fermer xo‘jaligi rahbari Shokir Yangiboyev. – Bu yil besh gektarda sabzavot va kartoshka yetishtirdik. Olgan hosilimizning bir qismini sovutgichlarda saqlayotirmiz, bir qismini poytaxt aholisi uchun olib keldik. Kuniga bir tonna atrofida piyoz, kartoshka, karam, sabzi va lavlagi sotmoqdamiz. Keyingi hosil pishib yetilguncha yetarli miqdorda mahsulot yetkazib bera olamiz.

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilda mamlakatimizda qariyb o‘n bir million tonna sabzavot, sal kam ikki million tonna poliz, ikki million sakkiz yuz ming tonnadan ziyod kartoshka, uch million tonna meva yetishtirildi. Ushbu mahsulotlarning bir qismi qayta ishlash korxonalariga yetkazib berilgan bo‘lsa, qolgani iste’mol bozoriga chiqarilmoqda.

Boshqa bozorlarda bo‘lgani kabi Farhod dehqon bozorida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan birga yurtimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ham serob. “O‘zulgurjisavdoinvest”, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi tizimidagi tashkilotlar yog‘, qandolat, konserva, sut, go‘sht mahsulotlari, turli ichimliklarni arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermoqda. Mahsulotlar plastik kartochka orqali sotilayotgani aholiga qulaylik yaratmoqda.

– Yuzdan ziyod turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaramiz, – deydi Toshkent shahridagi “Zebiniso ona” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mohir Ilhomov. – Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxonamizda tayyorlangan qandolat mahsulotlari, shirinliklar nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir.

Bozorga kiritilayotgan barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgach, sotishga ruxsat beriladi.

– Bozorimizga har kuni tonnalab mahsulot kirib keladi, ularning sifatini o‘z vaqtida aniqlash uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ikkita laboratoriya ishlab turibdi, – deydi Farhod dehqon bozorining 1-veterinariya-sanitariya laboratoriyasi mudiri Zafar Bahromov. – Talabga javob bermagan mahsulotlar sotuvdan olib qo‘yiladi.

“Toshbozorsavdo” uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, uyushma tizimidagi bozor va savdo komplekslarida Yangi yil bayrami arafasida tinchlik-osoyishtalik, sanitariya holati barqarorligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor yanada kuchaytirilgan. Bayramni munosib kutib olish, jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, pirotexnika vositalari savdosining oldini olish kabi masalalar ichki ishlar bo‘limi va davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda doimiy nazorat qilinmoqda.