Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toʻdakoʻl dam olish maskanida plyaj zonasi tashkil etildi
19:56 / 2020-06-19

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududida joylashgan Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida yangi dam olish maskani ish boshlaydi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududida joylashgan Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida yangi dam olish maskani ish boshlaydi. Bu haqda Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.

“Silk Road Resort & Spa” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yangi plyaj zonasida viloyatda ekoturizmni rivojlantirish, mavsumda mahalliy va xorijlik sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy qulayliklar yaratilmoqda.

Plyaj1.jpg

Plyaj2.jpg

Dam olish maskani loyihasining umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etib, uning faoliyati yoʻlga qoʻyilishi natijasida viloyatda yana 150 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, ushbu sayyohlik obyekti plyaj, basseyn, akvapark, mini disneylend, 50 oʻringa moʻljallangan mehmonxona, dam olish ayvonlari, restoran, yozgi terassa, SPA salon, tabiat qoʻynidagi oʻyingoh, tibbiyot burchagi, sogʻlomlashtirish maskani, sport oʻyingohi, avto turargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qoʻshimcha xizmatlarni oʻz ichiga olgan. Tashrif buyuruvchilar uchun ochiq osmon ostida oʻtkaziladigan bir-biridan qiziqarli konsert va shou dasturlari mazmunli dam olishga xizmat qiladi.

Plyaj3.jpg

Plyaj5.jpg

Ayni vaqtda mamlakatimizda kechayotgan epidemiologik vaziyatda mazkur loyiha maydoni uzra karantin va gigiyena qoidalariga rioya etgan holda ish olib borilmoqda.

Eng muhimi, dam olish uchun Antaliya yoki Yaltaga borishning hojati yoʻq. Toʻdakoʻl dam olish maskani ulardan aslo qolishmaydi. Maskan joriy yilning 1-iyulidan oʻz faoliyatini boshlaydi.