Tizimga 2,2 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirgan yana bir mayning qurilma faoliyatiga chek qo‘yildi
Samarqand viloyatida navbatdagi o‘tkazilgan nazorat tadbirida Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.A. ga tegishli noturar bino yerto‘lasida 25 dona mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangani aniqlandi.
"O‘zenergoinspeksiya" matbuot xizmatiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblarga asosan ushbu noqonuniy foydalanish holati natijasida davlat manfaatlariga 2 milliard 237 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirgi paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA