TIV: O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz tartib o‘z kuchida
O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklariga kirishi taqiqlangani haqida ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan xabarlar asossizdir.
Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida ekanini ta’kidlagan. Rasmiy manbalarda tegishli taqiq joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Vazirlik foydalanuvchilardan faqat rasmiy, tasdiqlangan axborotlarga ishonishni so‘ragan.