Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tirkamaga yashirilgan 700 quti sigaret fosh etildi
14:31 / 2025-12-02

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Ayritom" chegara bojxona postida navbatdagi qonunbuzarlikka chek qo‘yildi.

Qo‘shni davlatdan "Ayritom" chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi  belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganida hujjatlarda avtotransport vositasi yuksiz ekani ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, tirkama qismidagi o‘zgarishlar ziyrak bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. Ko‘rik chog‘ida yuk avtotransport vositasi tirkamasining yuqori qismiga xufiyona joylashtirilgan 700 quti sigaret mahsuloti borligi aniqlandi.    

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohro‘z O‘ralovning aytishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslarga bojxona chegarasi orqali 200 donadan ko‘p bo‘lmagan mazkur turdagi mahsulotni olib kirishga ruxsat etiladi.

Ayni paytda holat yuzasidan bojxona organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri