English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TIQXMMI dunyo universitetlari reytingidagi ikkinchi natijasiga erishdi
09:20 / 2020-04-23

TIQXMMI hozirda Oʻzbekiston tarixida ikkita yirik THE va QS reyting agentliklari tomonidan tan olingan yagona oliy taʼlim muassasasi hisoblanmoqda.


“Times Higher Education” reyting agentligi tomonidan 2020-yil 22-aprel kuni dunyo universitetlari reytingi –“University Impact Ranking-2020” natijalari eʼlon qilindi. Mazkur reytingda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “clean water and sanitation”, “life on land” yoʻnalishlari boʻyicha dunyo universitetlarining umumiy reytingida 201+ oʻrinni qayd etdi.

TIQXMMI hozirda Oʻzbekiston tarixida ikkita yirik THE va QS reyting agentliklari tomonidan tan olingan yagona oliy taʼlim muassasasi hisoblanmoqda.

Xabaringiz bor, 2019-yilning 14-15-oktyabr kunlari Litvaning Kaunas shahrida “QS in Conversation” sammitida “Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo” (Emerging Europe and Central Asia –EECA) reytingi eʼlon qilingan. Unda mamlakatimizda birinchi boʻlib Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mazkur reytingida 301+ oʻrin qayd etgan.

R. Jumaniyozov , TIQXMMI matbuot xizmati rahbari