Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchliksevar tashqi siyosat — hamjihatlikka asos
13:42 / 2025-12-06

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xususan, Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi, deb belgilangan.

Bu borada mamlakatimiz faol tashqi siyosat yuritmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi mintaqaning dunyodagi nufuzini oshirdi.

Natijada joriy yilning o‘zida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi”, “Markaziy Osiyo — Xitoy”, “Markaziy Osiyo — AQSH” sammitlari bo‘lib o‘tgani mintaqaning global siyosatdagi shiddati va strategik ahamiyati ortib borayotganini tasdiqlaydi. 

Bu kabi hamkorlik aloqalari boshqa davlatlar bilan ham rivojlanmoqda. Bu esa mamlakatimiz tashqi siyosatda ochiq, pragmatik va ko‘p vektorli tashqi siyosiy faoliyat yuritayotganidan darak beradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan davra suhbatida ana shu jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda qayd etilganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlarini o‘zida yorqin namoyon qildi. 

Yangi O‘zbekiston strategiyasi siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining muhim tarixiy bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilab berayotganiga urg‘u qaratildi.

Bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etgan davra suhbatida yangilangan Konstitutsiyamizning tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi norma va prinsiplarining ilmiy tahliliga oid ma’ruzalar tinglandi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA