Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik va totuvlik bebaho ne’mat
13:53 / 2022-07-23

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Tinchlik va totuvlik bebaho ne’mat ” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda insonning yaxshi yashashi, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida sog‘lik va tinchlik muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Joriy yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan voqealar barchani katta tashvishga solgani yoshi ulug‘ insonlar bilan birga yoshlarning qalbida ham osoyishta hayotning qadriga yetishda shukronalik tuyg‘ularini yanada oshirdi. Shuning uchun ham tinchlik va totuvlikni asrash barchamizning burchimiz bo‘lishi kerak.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, yoshlarga yaratib berilgan keng imkoniyatlarga, Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi so‘nggi yillardagi o‘zgarishlarga, Mo‘ynoq, Bo‘zatov va boshqa tumanlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga to‘xtaldi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining murojaati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib, joriy etilgan favqulodda holatning amal qilish muddatidan avval tugatilganligi  aholiga bo‘lgan g‘amxo‘rlik, e’tiborning yana bir namunasi bo‘ldi. 

Bundan tegishli hulosa chiqargan holda har birimiz yurtimiz tinchligi, aholining farovon hayotini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishimiz kerak.

Dovud Abibullayev, O‘zA