Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik va sarhadlar daxlsizligini ta’minlash – muqaddas burch
14:32 / 2021-01-11

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi Abror Xolmurodov Uchquduq tumanidagi harbiy qismlardan birida o‘z yigitlik burchini o‘tamoqda.

– Ko‘cha-ko‘yda harbiy libosdagi yigitlarga havas va hurmat bilan qarardik. Ayniqsa, Sariosiyo va Uzun tumanida terrorchilarga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatgan harbiylar haqida eshitganimizda biz, ham albatta, harbiy xizmatga borib, Vatanimiz tinchligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashga hissa qo‘shamiz, deya maktab davrlarimizda do‘stlarimiz bilan o‘zaro suhbatlarda gurunglashardik. Bugun o‘zim ham taqdirini yurt himoyasi bilan bog‘lagan yurt o‘g‘lonlari bilan bir safda Yurtboshimiz mehrini, e’tibori va g‘amxo‘rligini yurakdan his qilib xizmatni a’lo darajada o‘tamoqdaman, – deydi A.Xolmurodov.

Albatta, Qurolli Kuchlarimizning 29 yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, milliy armiyamizni tubdan isloh qilish borasida olib borilgan ishlar samarasida bugungi kunda Vatanni himoya qilish sharafli burchga aylanganini ko‘rishimiz mumkin.

Harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 84 nafar askar va zobitlar, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vatan himoyachilari kuni arafasida avtomobil texnikalari uchun saroy, askarlar oshxonasi va hammom kapital ta’mirdan chiqarilib, yangidan jihozlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi, 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” oldidan foydalanishga topshirilgan bu bino va inshootlar harbiy qism shaxsiy tarkibi hamda askar va zobitlarga bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Binolarni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tadbirda toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Jur’at Yakubov, Uchquduq tuman hokimi Soli Hamroyev, Shimoliy kon boshqarmasi direktori Yarkin Shakarovlar ishtirok etib, mamlakatimiz harbiy qudratini ta’minlash, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar samarasi, obod va ozod yurtimizda inson manfaatlari hamisha birlamchi ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.  

Tadbirda mazkur binolarni ta’mirlash va jihozlashga katta hissa qo‘shgan ishchi va harbiy xizmatchilarning bir guruhi “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan harbiy qismga xizmatda foydalanish uchun Nexia –3 rusumli yengil avtomashina topshirildi.

Harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, Vatanni, ona-yurtni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  

 

Abduvali BO‘RIEV,  O‘zA