Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik va do‘stlik elchisi
12:10 / 2024-06-03

Andijon mashinasozlik institutida «Sport – tinchlik va do‘stlik elchisi» shiori ostida voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon mashinasozlik instituti hamda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh texnologiyalar universiteti jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqa avvalida ikki oliy ta’lim muassasalari rektorlari Umid Turdialiyev hamda Janbolot Tursunboyev so‘zga chiqib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari nafaqat ilmiy, balki boshqa sohalarda ham o‘zining ijobiy natijasini berayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, o‘tkazilayotgan bu kabi sport o‘yinlari munosabatlarni yanada mustahkamlashi va haqiqiy do‘stona muhit yaratishini bildirib, ishtirokchilarga omad tiladilar.

[gallery-17676]

Shundan so‘ng musobaqaga start berildi va unda jamoalar bor kuch-g‘ayratini ishga solib, shiddat bilan g‘oliblik uchun kurashdi. Qizg‘in, ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, jamoalar o‘rtasida durang qayd etildi. Do‘stlik g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Andijon mashinasozlik instituti Qirg‘iziston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

 

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA