French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik posbonlarining kasb bayrami nishonlandi
10:16 / 2022-10-26

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Ta’kidlanganidek, ichki ishlar organlarini isloh qilish, uning faoliyati samaradorligini oshirish, soha xodimlari uchun qulay mehnat sharoitini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar soha xodimlaridan yangicha fikrlashni, xalqimiz va ona Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishni talab etadi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 22 aprelda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlarining kuchlarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida vazirlikning yo‘l-patrul va patrul-post xizmatiga yangi shtat birliklari ajratildi, ichki ishlar bo‘limlarida bosqichma-bosqich kapital ta’mirlash va qayta qurish ishlarini olib borish belgilandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar tinchlik-osoyishtalikni saqlash, millatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, xalqimizning farovon hayotini ta’minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Bu esa o‘z navbatida nafaqat ichki ishlar organlari xodimlarining, balki aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlab, ularni ezgu ishlarga ruhlantirmoqda.

Ichki ishlar organlaridagi samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan unvon va ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

[gallery-9282]

Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at ustalari va vazirlikning “Orol yulduzlari” ansambli a’zolari ijrosidagi bayram konserti namoyish etildi.



Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA