Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tinchlik muzokarasi uchun hali vaqt yetilmadi...
12:37 / 2023-05-15

Rossiya-Ukraina

14 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Parijda hamkasbi Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Muloqot natijasiga ko‘ra, Kiyevga rejalanganidan ham ko‘proq qurol-aslaha yetkazib berilishiga umid bildirildi.

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan yaqin munosabatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda u Prezident Vladimir Zelenskiyga Buyuk Karl mukofotini topshirish marosimida aytgan.

“Bizning umumuiy tariximiz davom etadi. Ukraina Yevropa oilasining bir qismi. Kiyevning YeIga intilishini to‘liq quvvatlaymiz”, degan Shols.
 Ukraina yetakchisi Italiyadan Berlinga kelib, Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ko‘rishgan. Muzokara chog‘ida Zelenskiy Kiyevga yetkazib beriladigan qurol-aslaha cheklovini olib tashlashga chaqirgan.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok, mudofaa vaziri Boris Pistorius, moliya vaziri Kristian Lindner va boshq rasmiylar ham ishtirok etgan.

Zelenskiy o‘z chiqishida “Biz Rossiya hududiga ko‘z olaytirmayapmiz, o‘z hududlarimizni ozod qilyapmiz”, degan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev qarshi hujum boshlashdan manfaatdor emas, “buning uchun vaqt ham, kuch ham yo‘q”.
“Germaniya Kiyevga yana 11 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatadi”, deyiladi hukumat matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

O‘tgan yil fevral oyidan buyon Germaniya Ukrainaga 17 milliard yevrodan ortiq yordam ko‘rsatgan.

Oktyabr oyida Ukrainada parlament saylovi bo‘lib o‘tadi. “Agar mamlakatda harbiy holat davom etsa, saylov tashkil etilmaydi, Konstitutsiya harbiy holat paytida saylov o‘tkazishni man etadi”, deya bayonot berdi Zelenskiy.

Vengriya tashqi va tashqi savdo aloqalari vaziri Peter Siyyarto bugun Xitoyga yetib boradi va rasmiylar bilan Ukraina atrofidagi ziddiyatni muhokama qiladi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

“Biz XXRning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlaymiz, bu urushni to‘xtatishga qaratilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘tgan yil hind talabalarini olib chiqib ketish uchun Ukrainada jangovar harakatni to‘xtatish bo‘yicha kelisholmaganini aytdi. Bu haqda “The Hindu” gazetasiga intervyu bergan mudofaa vaziri Rajnatx Singx ma’lum qildi.

“Bu masalada davlat rahbari Zelenskiydan tashqari AQSH yetakchisi Jo Bayden bilan ham muzokara o‘tkazgan”, qo‘shimcha qildi vazir.

Kiyev tomonidan rejalangan aksil hujumni o‘tkazishga hali ancha erta, deya bayonot berdi “RMF” radiostansiyasiga Polsha Prezidentining xalqaro munosabatlar bo‘yicha rasmiysi Marchin Pshidach.

“Tomonlar qandaydir hujum yoki qarshi hujum harakatini amalga oshirmas ekan, ikki tomonning tinchlik muzokarasiga tayyorligi to‘g‘risida gapirish mushkul”, deb hisoblaydi Pshidach. Bugun Ukraina yetakchisi Londonga yetib boradi, uning Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan muzokara o‘tkazishi rejalangan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda aytilgan.

Abror XON,

O‘zA